Uzcard Rossiyaning «Mir» to‘lov tizimi kartalarining qabuli qayta tiklangani haqida xabar berdi.

«Texnik ishlar yakunlangani munosabati bilan, 7 martdan boshlab Uzcard to‘lov tizimi hamkor banklarining barcha qurilmalari tomonidan, jumladan, POS-terminallar, bankomatlar va infokioskalar tomonidan „Mir“ to‘lov tizimining kartalari qabuli qayta tiklandi. Barcha xizmatlar odatdagidek amalga oshirilmoqda», — deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, «Uzcard-Mir» kobeydj kartalari xorijda MTKT ishtirokchi banklarning ekvayring tarmog‘ida qabul qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, 3 mart kuni Uzcard «Mir» to‘lov tizimi kartalarini o‘z infratuzilmalarida qabul qilish to‘xtatganligini e’lon qilgandi. Undan oldinroq UZCARD «Mir» milliy to‘lov kartalari tizimi bilan xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati vaqtincha to‘xtatilganini xabar bergan edi.