Uzbekistan Airways kompaniyasi fuqarolarning O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi avia qatnovlar to‘xtatilishiga oid savollariga munosabat bildirdi.

«Uzbekistan Airways O‘zbekiston va Rossiya shaharlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan aviaqatnovlar jadvalga muvofiq uzilishlarsiz amalga oshirilishini va xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qiladi», — dedi kompaniya matbuot kotibi Kamola Ikramova.

Shuningdek, aviachiptalar bilan bog‘liq firibgarlik holatlarining oldini olish uchun yo‘lovchilarga chiptalarni kompaniyaning rasmiy saytidan 3 foiz chegirma bilan xarid qilish mumkinligini eslatib o‘tgan.