UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Tahoe va Traverse 2022 modellarini sotishni boshladi. Yangilangan avtomobillar uchun shartnoma tuzish 3-martdan boshlandi, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Chevrolet Tahoe 2022


Uzunligi 5 metrdan oshiq bo‘lgan avtomobil 5,3 litrli dvigatel hamda 10 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Chevrolet Tahoe dvigateli 343 ot kuchiga ega bo‘lib, 512 Nm maksimal aylanish momenti — 8 soniyada 100 km/sgacha tezlanadi.

Chevrolet Tahoe Magnetic Ride Control with Air Ride Adaptive Suspension pnevmatik osma tizim va avtomatik kruiz-kontrol bilan jihozlangan.

Aavtomobil 10,2 dyumli sensorli axborot-ko‘ngilochar ekraniga ega. Shuningdek, unga 9 ta kalonkadan iborat Bose dinamiklari ulangan. Ekranda avtomobil holatini 360 gradusda ko‘rish mumkin.

Chevrolet Tahoe 2022 yil modelining yangi opsiyalari:

  • panoramali lyuk;
  • simsiz quvvatlash qurilmasi;
  • piyodalarni aniqlash tizimi;
  • havo aylantirish xususiyatiga ega bo‘lgan charm o‘rindiqlar;
  • masofadan garaj eshigini boshqarish funksiyasi;
  • 3 zonali iqlim nazorati (klimat-kontrol) tizimi;
  • to‘liq old va orqa diod faralar;
  • o‘chirish funksiyasiga ega Start/Stop tizimi;
  • old o‘rindiqlar ventilyasiyasi.
  • 360 gradusli kamera;
  • harakatlanish qatorini saqlash va boshqalar.

Chevrolet Traverse 2022


Travers 3.6 litrli V6 dvigateli 318 ot kuchiga ega bo‘lib, 7.6 soniyada 100km/s gacha tezlanishga erishadi. Yetti o‘rindiqli avtomobil rangli 8 dyumli sensor ekran va 10 ta kalonkadan iborat premium “Bose” dinamikli multimedia tizimiga ega.

Chevrolet Travers 2022 yil modelining yangi opsiyalari:

  • oldidagi transport vositasiga moslashuvchan kruiz-kontrol
  • avtomatik tormoz tizimi;
  • to‘liq old va orqa diod faralar;
  • o‘chirish funksiyasiga ega Start/Stop tizimi;
  • xavfdan ogohlantiruvchi o‘rindiq;
  • oldidagi avtomobilga nisbatan distansiya monitoring sistemasi;
  • harakatlanish qatorini saqlash;
  • simsiz quvvatlash qurilmasi va boshqalar.


Chevrolet Traverse hamda Tahoe 2022 modellari uchun shartnomani UzAuto Motors kompaniyasining Nurafshon Autocentre, Drivers Village va “Sergeli Avtotexxizmat” rasmiy dilerlaridan olish mumkin.

Narxlar

Traverse

Boshlang‘ich komplektatsiya: 408 009 595 so‘mdan.

Premier AT MY22 komplektatsiya: 563 130 435 so‘m.

Tahoe

Boshlang‘ich komplektatsiya: 519 728 198 so‘mdan.

RST AT MY22 komplektatsiya: 823 913 043 so‘m.

Narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan.

Boshlang‘ich komplektatsiyali avtomobilni sotib olish istagida bo‘lgan xaridorlar, kompaniyaning rasmiy dilerlarida ariza qoldirishlari yoki rasmiy sayti info@uzautomotors.com orqali onlayn tarzda ariza yuborishlari mumkin. To‘plangan arizalarning soniga qarab, kompaniya ushbu avtomobilning yetkazilib berilishini ta’minlaydi.

Chevrolet rasmiy saytida Traverse narxi 33,7 ming dollardan, Tahoe narxi esa 50,2 ming dollardan boshlanadi.

Avtomobillarning ushbu modelini Uzauto Motors O‘zbekistonda birinchi marotaba 2019 yil dekabr oyining oxirida taqdim qilgan edi.