Toshkent viloyati «Issiqlik manbai» ishlab chiqarish boshqarmasida 6,5 mlrd so‘mlik kamomad va noqonuniy o‘zlashtirish holatlari aniqlandi. Bu Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy fondi inspeksiyasi o‘tkazgan nazorat tadbirida ma’lum bo‘lgan.

1 yanvar holatiga ko‘ra, «Issiqlik manbai» tarkibida jami 51 ta qozonxona mavjud bo‘lib, ularning balans qiymati qariyb 1,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Tekshiruv davomida qozonxonalarning kadastr hujjatlari taqdim etilmagan hamda 7 ta qozonxona boshqa shaxslarga berib yuborilgani aniqlandi. Shuningdek, korxona umumiy qiymati qariyb 6,5 mlrd so‘m bo‘lgan quyidagi moliyaviy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan:

  • asossiz kiritilgan xarajatlar — 3,8 mlrd so‘m;
  • tovar moddiy boyliklari kamomadi — 1,8 mlrd so‘m;
  • ortiqcha to‘langan ish haqi — 833,3 mln so‘m;
  • boshqa shaxslarga berilgan binolar qiymati — 46,8 mln so‘m;
  • yonilg‘i mahsulotlarining ortiqcha sarflanishi — 45,5 mln so‘m.

Aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi, deyiladi xabarda.