Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 3 martdan amal qiluvchi kurslarini e’lon qildi.
- 1 AQSh dollari 26,03 so‘mga ko‘tarildi va 10 887,83 so‘mni tashkil etmoqda;
- 1 Yevro 94,98 so‘mga pasaydi va 12 066,98 so‘m deb baholandi;
- 1 Rubl 15,38 so‘mga pasaydi va 99,73 so‘mga teng bo‘ldi.
Markaziy bankning valyutalar kursi arxivi ma’lumotlariga ko‘ra, rublning so‘mga nisbatan kursi 2017yil 5 sentabrdan buyon ilk bor ikki xonali raqamga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin rublning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 6,51 so‘mga ko‘tarilib, 115,11 so‘mnitashkil etgandi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.