Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy haftaga mo‘ljallangan ish rejasida qator tadbirlar ko‘zda tutilgan, deb xabar bermoqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Jumladan, taqdimot va yig‘ilishlarda investitsiya sohasi, hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, boshqaruv kompaniyalari faoliyatini takomillashtirish, hududlardagi ekologik holatni yaxshilash va boshqa masalalarni muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Hafta yakunida Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan Pekin shahridagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, qishki Olimpiya o‘yinlari Pekinda 2022 yilning 8−20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘tgan 2018 yilgi O‘yinlarda o‘zbekistonlik chang‘ichi Komiljon To‘xtayev va figurali uchuvchi Misha Ge ishtirok etgandi.