«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda gazaklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Uyda tayyorlanilgan sarimsoqpiyozli suxariklar


Suxariklarni sevib iste’mol qilasizmi? Agar ha bo‘lsa, unda sizlarga sotuvda mavjudlaridanda mazali chiqadigan retseptni taqdim etamiz. Bunday suxariklarning o‘zini gazak sifatida, shuningdek salat va suyuq taomlarga qo‘shimcha sifatida foydalanish mumkin.

Lavash va pishloqdan qilingan chipslar


Tez tayyorlaniladigan, shu bilan birga mazali gazak tayyorlashni istaysizmi? Unday bo‘lsa lavash va pishloqdan ajoyib chipslar tayyorlab ko‘ring.

Shprotlardan tayyorlangan pashtet


Bunday baliqli gazak ajoyib ta’mda chiqib, nafaqat har kunlik dasturxonga, balki bayram va tadbirlarda ham stolga o‘zgacha ko‘rk beradi. Pashtetni oldindan tayyorlab, qopqog‘i yopiq idishga solib, sovutgichda saqlash mumkin.

Pishloq solib pishirilgan lavash


Pishloq solib pishirilgan lavash — nonushta yoki shunchaki iste’mol qilishga tayyorlash mumkin bo‘lgan eng tezpishar yeguliklardan biridir.

Pishloq va kolbasali «atirgullar»


Kolbasa va pishloq solib pishirilgan «atirgullar» — ajoyib yegulik vazifasini o‘taydi. Tez tayyorlanilib, dasturxondan bir necha daqiqada tugab qoladi.

Pishloq va ko‘katli pishiriqlar


Vaqtingizni besamar ketqazmasdan, mana bunday ajoyib yeguliklardan tayyorlang. Chunki buning uchun kerakli masalliqlarning barchasi har kimning sovutgichidan topiladi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15