Ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahri Lashkerek qishlog‘idan ekoturizm uchun tashrif buyurgan sayyohning jasadi topilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, murda 10 yanvar kuni Angren IESga qarashli dam olish maskani hududidan oqib o‘tuvchi soydan topilgan. 70 yoshli erkak dam olish uchun kelgan bo‘lgan.

«Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumning o‘limiga umumiy tashqi muhitdagi past harorat ta’sirida organizmni umumiy sovuq qotishi sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan», — deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.