«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda yangi yil dasturxoni uchun taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Gaz pechida pishirilgan kurka go‘shti


Bayram yaqinlashgan sari barcha bayramga nima tayyorlasam ekan deb bosh qotirishadi. Gaz pechida qizarib pishgan kurka go‘shti esa bu muammoga bemalol yechim bo‘la oladi. Yumshab pishgan go‘sht va undan taralgan xushbo‘y ifor bir tasavvur qilinga qanday mazali.

Norin


Norin o‘zbek milliy taomlari orasida eng mazali va sevimlilaridan biri bo‘lib, ko‘pchilik uni tayyorlash juda murakkab deb o‘ylaydi. Lekin aslida unday emas.

Gril tovug‘i


Gril tovug‘i juda mazali bo‘lib, uni tayyorlash uy sharoitida ham umuman qiyinchilik tug‘dirmaydi. Qolaversa ushbu taom yangi yil dasturxonining ko‘rkiga aylanadi.

Gaz pechida pishirilgan qo‘y kuragi


Qo‘y kuragini pechda qanday pishirishni bilasizmi? Hozircha yo‘q bo‘lsa, unda sizni mana bu ajoyib retseptimiz bilan tanishtiramiz. Bunday usulda tayyorlangan go‘sht hil-hil bo‘lib pishadi va og‘izda erib ketadi.

Qozonda pishirilgan lo‘la-kabob


Lo‘la kabob — bu sharqona oshxonada taniqli taom hisoblanadi. U odatda mangalda pishiriladi biz esa uni qanday qilib qozonda tayyorlashni sizga ko‘rsatib beramiz. Bunday taomdan hech qanday mehmon bosh tortmasligi aniq.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15