Parijda qurollangan erkak ikki ayolni garovga oldi

Parijda qurollangan erkak odamlarni garovga oldi, deb xabar berdi RIA Novosti. Xabarga ko‘ra, u Fransiya poytaxtining 12-okrugida ikki ayolni garovda ushlab turibdi. Noma’lum shaxs adliya vaziri Erik Dyupon-Moretti bilan uchrashishni talab qilmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, hujumchi ruhiy kasallikdan aziyat chekadi. Voqea do‘konda sodir bo‘lgan. Hozirda voqea joyi qurshab olingan, u yerga politsiya qidiruv va tezkor brigadasi yetib kelgan.


Qirg‘iziston sobiq prezident Akayevga nisbatan jinoiy ta’qibni to‘xtatdi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti (1991−2005) «Qumtor» oltin koni atrofidagi korrupsiyada ayblanayotgan Askar Akayev kecha ertalab Moskvaga uchib ketdi, dedi jamoat arbobi Bekbolot Talgarbekov. Unga ko‘ra, Akayev ish doirasida ko‘rsatma bergan. Uning ishtirokidagi barcha tergov harakatlari yakunlandi. Bu haqda AKI press nashri xabar berdi.

«Akayevga nisbatan jinoiy ish bo‘lmagan. «Qumtor» ishi bo‘yicha Akayevga tegishli barcha ayblovlar olib tashlangan. Ma’lum bo‘lishicha, u «Qumtor» loyihasidan bir sent ham o‘g‘irlamagan va «Senterra»da birorta ham aksiyaga ega emas. Uning uchun vataniga yo‘l ochiq, Akayev istalgan vaqtda kelishi mumkin. Bu safarda Askar Akayevga uning o‘g‘li Ilim hamrohlik qilgan», — dedi u.


Filippinda to‘fon qurbonlari soni 200 kishiga yetdi

Filippindagi Rai to‘foni 208 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda mamlakat politsiyasi ma’lumotlariga tayanib Kommersant’ xabar berdi. 52 kishi bedarak yo‘qolgan, kamida 239 kishi jarohat olgan. Avvalroq 169 qurbon va 50 kishi bedarak yo‘qolganligi ma’lum edi.

To‘fon so‘nggi yillardagi qurbonlar soni bo‘yicha eng yiriklaridan biri bo‘lgan. 2013 yilda to‘fon oqibatida 7,3 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. To‘fon Filippin qirg‘oqlariga 16 dekabr payshanba kuni yetib keldi. Ba’zi joylarda shamol tezligi soatiga 185 kmga yetdi. Tayfun o‘tadigan hududlarda 100−150 ga yaqin Rossiya fuqarolari istiqomat qiladi, dedi Rossiyaning Maniladagi elchixonasi konsullik bo‘limi boshlig‘i Yaroslav. Ular orasida qurbonlar bor-yo‘qligi hozircha noma’lum.


Niderlandiyada omikron tufayli lokdaun e’lon qilindi

Niderlandiya hukumati Yevropa Ittifoqida birinchi bo‘lib omikron — koronavirusning yangi varianti tarqalishi sababli lokdaun joriy qildi. Mamlakatda 19 dekabrdan 14 yanvargacha umumiy o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilish tartibi amal qiladi. Bu davrda nooziq-ovqat do‘konlari, barlar, restoranlar, sartaroshxonalar, muzeylar, kinoteatrlar va sport zallari ishlamaydi. Maktablar kamida 9 yanvargacha yopiladi. Mahalliy aholiga ikki kishidan ortiq odamni o‘z uyiga taklif qilish taqiqlanadi (Rojdestvoda to‘rttagacha mehmon taklif qilinishi mumkin). Jamoat joylarida ko‘pi bilan ikki kishi bo‘lishi mumkin — Meduza.


Turk lirasi tarixiy antirekordini yangiladi

Turk valyutasi dushanba kuni yana 6 foizga tushdi. Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirgandan keyin bir dollar uchun 17,38 liragacha ko‘tarildi. 16 dekabr Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani 15 foizdan 14 foizga tushirishga qaror qildi.
Joriy yilning yanvar oyida bir dollar uchun 7,4 liraga teng bo‘lgan. Shundan keyin turk pul birligi yil davomida 55 foizdan ko‘proq arzonlashdi, jumladan o‘tgan oyda 37 foizga arzonlashdi.

17 dekabr kuni kuni turk lirasi kursi 9 foizga pasayib, yana bir antirekordga — 1 dollar 17,14 liraga tushgan edi. Juma kuni regulyator yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri valyuta intervensiyalarini ham e’lon qildi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on asosiy stavkani pasaytirish tarafdori va bu inflyatsiyaning pasayishiga olib keladi, deb hisoblaydi. U 2019 yil iyulidan buyon Markaziy bank rahbarini uch marta, 2021 yil noyabridan esa ikki marta — Moliya vazirini almashtirgan. Avvalroq, Turkiyaning asosiy muxolif partiyalari yetakchilari Erdo‘g‘onni iqtisodiy qobiliyatsizlikda ayblab, muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishga chaqirgan edi. Turkiya rahbari bu taklifni rad etib, Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari rejalashtirilganidek 2023 yil iyun oyida bo‘lib o‘tishini aytdi — RIA Novosti.