Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 25 noyabrdan kuchga kiradi.

  • 1 AQSh dollari 19,72 so‘mga pasaydi va 10 745,40 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 78,09 so‘mga pasaydi va 12 043,44 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,23 so‘mga ko‘tarildi va 143,95 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,09 so‘mga ko‘tarilib, 10 765,12 so‘mni tashkil etgandi.