Toshkent metropolitenida FacePay tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda, xabar bermoqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” ko‘rsatuvida.

FacePay texnologiyasi metroning “Buyuk Ipak yo‘li” bekatida sinovdan o‘tkazilmoqda. ATTO kompaniyasi xabariga ko‘ra, metro foydalanuvchisi o‘z yuzini skanerlashi va uni transport yoki bank kartasi ma’lumotlari bilan birga ma’lumotlar bazasiga kiritishi kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng yo‘lovchi shunchaki validatorga qarab yo‘l haqi uchun to‘lov qilishi mumkin.

Bundan tashqari, joriy yilda UZCARD, HUMO, VISA, MasterCard, UPI, MIR kontaktsiz bank kartalari orqali to‘lov amalga oshirish tizimi joriy etilgan. Shuningdek, NFC to‘lov funksiyasi joriy etildi va Android va IOS uchun ATTO mobil ilovasi ishga tushirilgan.

2021 yilda Toshkentdan tashqari O‘zbekistonning yana ikki shahrida — Guliston va Qarshida naqd pulsiz to‘lov tizimi joriy etilgan. 2022 yilda Samarqand, Buxoro, Xorazm, Andijon, Farg‘ona va Namanganda yo‘l haqini yig‘ishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil yanvaridan boshlab Toshkent shahridagi jamoat transportlarida imtiyoz asosida transportda harakatlanish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilar — o‘quvchilar, talabalar va nafaqaxo‘rlar uchun transport kartalari joriy etildi.

“Gazeta.uz” transport kartalarini qayerdan sotib olish, qanday to‘ldirish, ulardan foydalanish haqida qo‘llanma e’lon qilgan edi.