Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 23 noyabrdan kuchga kiradi.

  • 1 AQSh dollari 14,70 so‘mga ko‘tarildi va 10 756,03 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 2,75 so‘mga pasaydi va 12 133,88 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 1,36 so‘mga pasaydi va 145,18 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 26,77 so‘mga pasayib, 10 741,33 so‘mni tashkil qilgandi.