Transport vazirligi inspektorlari ma’muriy bayonnomalarni endi planshetlar orqali rasmiylashtiradi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Avtomobil tashuvlari sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni aniqlash, ularga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni rasmiylashtirish va ko‘rib chiqishda elektron tizim o‘rnatilgan planshetlardan foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ushbu jarayonini amaliyotda qo‘llashni tashkil etish maqsadida IIV Huquqiy statistika va tezkor — hisob ma’lumotlar markazi bo‘lim boshlig‘i va mas’ul xodimlari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ma’muriy bayonnomalarni planshetlar yordamida rasmiylashtirish tartibi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi, deyiladi xabarda.

Dastlabki bosqichda ushbu jarayon Toshkent shahar va Toshkent viloyati transport boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.