«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda turli xil quymoqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Pishloq va ko‘katli quymoqlar


Bunday quymoqlar ichiga hech narsa solinmaydi, ularning o‘zi sersuv bo‘lib pishadi. Hamirga shivit, petrushka va kashnichdan ham solish mumkin.

Sutli qaynatma quymoqlar


Qaynatma quymoqlar juda yupqaligiga qaramay, ularni ag‘darish ham qiyinchilik tug‘dirmaydi. Xamirni tayyorlab bo‘lgandan so‘ng, 15 daqiqaga tindirilsa, yanada yaxshiroq chiqadi.

Xamirturushli quymoqlar


Xamirturush solib pishiriladigan quymoqlar juda yaxshi shishib pishadi. To‘g‘ri, ularni tayyorlash uchun anchagina vaqt sarflash lozim, ammo natijasi shunga arziydi.

Shokoladli yupqa quymoqlar


Shokolad ishqibozalariga mana bunday yupqa va juda mazali bo‘lgan shokoladli quymoqlar retseptini taqdim etamiz. Quymoqlarning ko‘nglingizdagidek chiqishi uchun sifatli tovada pishirish katta ahamiyatga ega.

Vengercha go‘shtli quymoqlar


Quymoqlar — Vengriyaning eng sevimli taomlaridan biri. U yerda quymoqlarni juda yupqa qilib pishirib ichiga turli mahsulotlar solib iste’mol qilishadi. Sizlarga klassik uslubdagi vengercha go‘shtli quymoqni taklif etamiz.

Tvorogli quymoqlar


Tvorogli quymoqlar — haqiqiy uy taomlaridan biri hisoblanadi. Ularni nonushtaga yoki desert sifatida dasturxonga tortishingiz mumkin.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15