«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda tovuqdan tayyorlanadigan retseptlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Makkajo‘xori va tovuqli kotlet


Ushbu oddiy va tez tayyor bo‘ladigan retsept odatiy taomnomangizni boyitishga yordam beradi. Makkajo‘xori tovuq go‘shti bilan ajoyib tarzda uyg‘unlashadi.

Tovuqli ramyon


Osiyo ramyon sho‘rvasi — bu to‘yimli, mazali taom. Sho‘rva tez tayyorlanadigan lapshadan iborat bo‘lib, unga qo‘shimcha ingrediyentlar qo‘shiladi, ularning asosiy qismi go‘sht, sabzavot, tuxumdir.

Sabzavotlar bilan pishirilgan tovuq sonlari


Gaz pechida sabzavot va tovuq sonlarili taom pishirish — bu juda maroqli jarayon. Ushbu retseptdan ko‘pincha bayram dasturxoni uchun foydalanishadi.

Gaz pechida tayyorlangan tovuq sonlari va grechka


Har doim oshxonada mavjud bo‘lgan oddiy masalliqlardan qanday ovqat tayyorlashni bilmayapsizmi? Gaz pechida pishirilgan tovuq sonlari va grechka — eng yaxshi tanlov.

Tovuq go‘shtidan chaxoxbili


Chaxoxbili gruzin oshxonasining eng zo‘r taomlaridan biridir. Tayyorlanish jarayoni oson bo‘lishiga qaramay, u har doim mazali va xushbo‘y bo‘lib pishadi. Oilaviy tushlik yoki kechki ovqat uchun mos keladigan ajoyib sersuv taom.

Tovuqning lahm sonidan qozon-kabob


Ushbu taomni bizning retseptimiz bo‘yicha albatta tayyorlab ko‘ring va kechki ovqat yoki tushlik uchun mazali kartoshka va sersuv tovuq go‘shtli taomdan bahramand bo‘ling.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15