«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda xushbo‘y, mayin va shirin bulochkalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Jem va tvorogli bulochkalar


Uyda tayyorlangan lazzatli xushbo‘y va do‘mboqqina pishiriq. Tvorogli xamirdan tayyorlangan jemli ajoyibbulochkalar retseptini sizga taqdim etamiz.

Yong‘oqli bulochkalar


Issiq choy bilan tanovvul qilingan shirin bulochka o‘rnini hech nima bosa olmaydi. Oshirma xamirdan tayyorlangan ushbu bulochkalar, sizni qiziqarli shakli va oddiy retsepti bilan xursand qilishi aniq.

Bolalar bog‘chasidagidek bulochkalar


Xushbo‘y oshirma xamirdan tayyorlangan bulochkalarniнгajoyib retsepti. Bunday mazali va shirin bulochkalarni bolalar bog‘chalarida tayyorlab, sut bilan dasturxonga tortishar edi.

Shokoladli pastali bulochkalar


Xamirturushli juda yumshoq va tezpishar bulochkalar retsepti bilan tanishtiramiz. Xohishga qarab, ularning ichiga jem, mak, tvorog yoki bo‘lmasam, xuddi bizdek — shokoladli pasta solib pishirish mumkin.

Turkcha oshirma xamirli plyushkalar


Mana bunday ajoyib ta’mli bulochkalarni nonushtaga tayyorlash, shuningdek o‘zingiz bilan o‘qish yoki ishga olib borishingiz ham mumkin bo‘lib, pishirish jarayoni ham umuman qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Quritilgan mevali oshirma bulochkalar


Dam olish kunlarida quritilgan mevalar bilan pishirilgan mazali bulochkalar pishirib, oilangiz va yaqinlaringizni xursand qiling. Ular nihoyatda xushbo‘y bo‘lib, o‘zida qaymoq va yorqin mevali ta’mlarni birlashtiradi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15