Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining chorak finalidan o‘rin olgan «So‘g‘diyona» (Jizzax) — «Nasaf» (Qarshi) uchrashuvi ommaviy mushtlashuv va tartibsizliklar bilan yakunlandi, deb xabar berdi«Tribuna.uz». O‘yin qarshiliklarning minimal g‘alabasi bilan yakunlandi — 0:1.

Uchrashuvdagi yagona golni Shohmalik Komilov 54-daqiqada penaltidan kiritdi. Butun 90 daqiqa davomida o‘yin keskin kechdi, asosiy vaqtda bosh hakam Ilgiz Tantashev futbolchilarga 11 ta sariq kartochka ko‘rsatdi.

O‘yin oxiridagi navbatdagi bahsli daqiqalarda «Nasaf» sardori Umarbek Eshmurodov mezbonlar hujumchisi Bahodir Nasimovning boshiga zarba berdi. Hakam bu lahzani payqamadi va o‘yinda hakamlarga videoyordam tizimi (VAR) yo‘q edi, deya ta’kidlanadi xabarda.

Final hushtagi yangraganidan so‘ng futbolchilar o‘zaro bahslashishda davom etishdi, xususan, o‘sha Umar Eshmurodov va «So‘g‘diyona» klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Bakayev o‘rtasida og‘zaki Tortishuv ham bo‘lib o‘tdi.

Mehmon futbolchilari maydonni tark etgach, muxlislar ularga butilka va boshqa narsalarni uloqtirdi. Shundan so‘ng har ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqan, huquq-tartibot idoralari vakillari vaziyatga aralashgan.