Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) dzyudochilarning yangilangan reyting o‘rinlarini e’lon qildi, deya xabar bermoqda Turizm va sport vazirligi axborot xizmati.

Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik dzyudovchi Davlat Bobonov -90 kg vazn toifasida dunyo reytingida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Mazkur reytingda so‘nggi bor bundan 9 yil avval o‘zbekistonlik dzyudochi peshqadam bo‘lgan edi. Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov Rishod Sobirovning 9 yil avvalgi natijasini takrorladi.

Shuningdek, yana ikki nafar o‘zbekistonlik dzyudochi yangilangan reytingda TOP-10 dan joy olgan. Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) avvalgi o‘rniga nisbatan bir pog‘ona pastlab, 4-o‘rinni egallab turibdi. Sardor Nurillayev (-66 kg) ham bir pog‘onaga pastlab, 6-o‘rinni band etgan.

Qizlardan esa -52 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova (3202 ochko) hamda -70 kg vaznda Gulnoza Matniyazova (3027 ochko) bir xil — 11-o‘rindan joy olishgan.

-60 kg:

1. Yago Abuladze (Rossiya) — 4841 ochko;

20. Kemran Nurillayev (O‘zbekiston) — 1928 ochko.

-66 kg:

1. An Baul (Janubiy Koreya) — 5603 ochko;

6. Sardor Nurullayev (O‘zbekiston) — 3569 ochko.

-73 kg:

1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) — 5175 ochko;

13. Hikmatilloh To‘rayev (O‘zbekiston) — 2879 ochko.

-81 kg:

1. Tato Grigalashvili (Gruziya) — 6692 ochko;

4. Sharofiddin Boltaboyev (O‘zbekiston) — 4436 ochko.

-90 kg:

1. Davlat Bobonov (O‘zbekiston) — 6004 ochko;

35. Shermuhammad Jandreyev (O‘zbekiston) — 1140 ochko.

-100 kg:

1. Arman Adamyan (Rossiya) — 5524 ochko;

13. Muhammadkarim Xurramov (O‘zbekiston) — 3015 ochko.

+100 kg:

1. Tamerlan Bashayev (Rossiya) — 5900 ochko;

22. Alisher Yusupov (O‘zbekiston) — 1833 ochko;

26. Bekmurod Oltiboyev (O‘zbekiston) — 1487 ochko.

Ayollar:

-52 kg:

1. Amandin Bushar (Fransiya) — 6520 ochko;

11. Diyora Keldiyorova (O‘zbekiston) — 3202 ochko.

-70 kg:

1. Barbara Matich (Xorvatiya) — 5810 ochko;

11. Gulnoza Matniyazova (O‘zbekiston) — 3027 ochko.

«Gazeta.uz» avvalroq Davlat Bobonovning murabbiyi O‘ktam Rahmonov bilan intervyuni e’lon qilgan edi.