O‘zbekiston prezidenti saylovida mamlakatdagi saylov uchastkalarida soat 13:00 holatiga ko‘ra saylovchilarning 52,7 foizi ishtirok etdi, deb xabar berdi Markaziy saylov komissiyasi.


Saylov uchastkalari ochilganidan keyin besh soat ichida ro‘yxatga olingan 19 859 127 saylovchidan 10 462 575 kishi ovoz berdi.

Ovoz berish jarayonlari 20:00 gacha davom etadi.