«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda turk oshxonasining taomlari retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Somsa-sho‘rva



Bugun biz sizga noodatiy somsani ko‘za shaklida qanday tayyorlashni ko‘rsatamiz. U nafaqat sizning oila a’zolaringizni, balki mehmonlarni ham hayratda qoldiradi.

«Parmuda» somsasi


To‘rtta qilib, bir-biriga ulangan holda tayyorlanadigan go‘shtli issiqqina somsalar — juda mazali va xushbo‘y bo‘lib pishadi.

Dangasa somsa


Qatlamali xamirdan tayyorlangan go‘shtli somsa — juda mazali bo‘lib pishadi. Xamirni uzoq tayyorlash va undan somsalar hosil qilish shart emas, tayyorlash jarayoni juda oson bo‘lib, natijasi sizni xursand qiladi.

Kabob-somsa


Oddiy somsa bilan mehmonlarni hayron qoldirish qiyin, shuning uchun biz sizga go‘shtli, tayoqchalar yordamida pishiriladigan —kabob somsani tavsiya qilamiz.

Qatlamali xamirdan somsalar


Qatlama xamirdan tayyorlangan qat-qat somsalar — barchaga manzur kelib, oila a’zolaringizni xursand qilishi aniq.

Tovuq va pishloqdan tayyorlanilgan turkcha somsa


Bunday somsa smetanaga qorilgan xamirdan tayyorlanib, asos sifatida tovuq va pishloq bo‘lakchalari qo‘shiladi. Pishgan somsalar esa og‘zingizda erib ketadi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15