O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi deyarli barcha mahalliy bo‘linmalarni elektroshok qurilmalari bilan ta’minladi, deb xabar berdi IIV matbuot xizmati.

Elektroshokerlar, elektrodubinkalar va elektroto‘pponchalar ichki ishlar organi xodimlariga yo‘l-patrul xizmatini va jamoat tartibini ta’minlash uchun beriladi.

Huquqni muhofaza qilish organi xodimining maxsus vositalardan, shu jumladan elektroshokerdan foydalanish tartibi O‘zbekistonning «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi qonuni, shuningdek, Ichki ishlar vazirligining tegishli yo‘riqnomasi bilan belgilanadi.

«Xususan, Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan maxsus tayyorgarlikdan o‘tganligini tasdiqlovchi sertifikatni olgan xodimlarga elektroshokerdan foydalanishga ruxsat beriladi», — deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.

Ichki ishlar organlari xodimi elektroshokerdan o‘ziga yoki fuqaroga qilingan hujumni qaytarishda, jinoyatni yoki huquqbuzarlikni to‘xtatishda, jinoyatga qo‘l urgan odamni hibsga olishga va yashirinishga urinishda, qo‘lga olingan fuqarolar va binolarni ozod qilishda hamda ommaviy tartibsizliklarni oldini olishda foydalanishi mumkin.

O‘zbekistonda foydalaniladigan elektroshokerlar Rossiyada «Mart grupp» zavodi tomonidan ishlab chiqariladi.

Foto