Freedom House inson huquqlari tashkiloti 2020 yil 1 iyundan 2021 yilning 31 mayigacha 65 davlatda internet erkinligi darajasini aks ettiruvchi Freedom on the Net 2021 hisobotini (PDF) e’lon qildi.

Yangi hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston erkin internetga ega bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan. Mamlakat 100 balldan 28 ball to‘plagan. Bu MDH mamlakatlari va sobiq postsovet respublikalari orasida eng past ko‘rsatkichlardan biri.


Mamlakatlar ijtimoiy tarmoq va kommunikatsion platformalarning, siyosiy, ijtimoiy va diniy mavzudagi kontentning bloklanishi, AKT tarmoqlarining buzilishi, bloger yoki AKT foydalanuvchisi siyosiy yoki ijtimoiy mavzudagi kontenti uchun qamoqqa olingani kabi bir qancha kategoriyalar asosida baholangan.

Freedom House ma’lumotlariga ko‘ra, yomonlashuvning eng yuqori darajasi Myanmada kuzatilgan, u 14 pog‘onaga tushib ketgan, shu jumladan Belarus va Uganda ham. «Erkin bo‘lmaganlar» ro‘yxatida Ozarbayjon (35), Rossiya (30), Pokiston (27), Eron (16) ham bor.

Eng erkin internetga ega bo‘lgan mamlakat sifatida Tayvan (80 ball) qayd etilgan. Undan so‘ng, Gruziya (77) va Armaniston (71) turadi. Ularning qatoriga Islandiya, Estoniya va Kanada ham kirdi.

«Qisman erkin internetga ega mamlakatlar» qatoriga Ukraina (62), Qozog‘iston (33) va Qirg‘iziston (53) kirdi.