10 sentabr kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Latviya Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Reynis Trokshni qabul qildi, deya xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, vazir elchini mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi hamda uning ko‘p qirrali O‘zbekiston-Latviya hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlash yo‘lida ishlashiga umid bildirdi.

Suhbat davomida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishdan tomonlarning birday manfaatdorligi qayd etildi.

O‘zbekiston va Latviyaning xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligi va ayrim mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.