Leningrad blokadasi xotirasi bilan bog‘liq yodgorliklar Ashxobod va Toshkentda paydo bo‘lishi mumkin, bu haqda Sankt -Peterburg ma’muriyati matbuot xizmatiga tayanib TASS xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, dushanba kuni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan ishchi uchrashuvda Turkmaniston va O‘zbekistondagi hamkorlari bilan bu masalani o‘rganish haqida to‘xtalib o‘tgan.

«Yaqinda Manchesterda yodgorlik taxtasi o‘rnatildi. Oldinroq Qirg‘iziston va Armanistonda blokada bolalari uchun yodgorliklar ochilgan edi. Urush paytida bu respublikalar evakuatsiya qilingan Leningradliklarni qabul qilishgan. Biz sheriklarimiz bilan birgalikda hozirda Ashxobod va Toshkentda blokada monumentlarini yaratish ustida ishlayapmiz», — dedi Aleksandr Beglov.