2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda 124 ming 914 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25,9 foiz yoki 43798 taga kam demakdir, deya guvohlik bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi hisoboti.


yanvar
fevral
mart
aprel
may
iyun
iyul
yanvar-iyul
2020
22 000
27 014
26 621
21 092
21 198
25 530
25 257
168 712
2021
5 235
17 141
22 078
20 533
20 807
22 986
16 134
124 914

Kamayish Damas va Labo`dan tashqari UzAuto Motors ishlab chiqarayotgan qariyb barcha modellarga tegishli bo‘ldi. Jumladan Cobalt ishlab chiqarish 19,1% — 44,9 mingtadan 36,3 ming donagacha, Nexia 65,3% — 41,6 mingtadan 14,4 mingtaga, Gentra 13,5% — 30,3 mingtadan 26,2 mingtaga, Spark 60,3% — 16370 dan 6485 taga.

Damas ishlab chiqarish esa 9,6% ga — 30,8 mingtadan 33,8 mingtaga, Labo 66,8% ga — 4521 dan 7542 gacha oshdi.

Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarishda ham tushish qayd etildi. Joriy yilning dastlabki yetti oyida 86,2 ming dona avtodvigatel ishlab chiqarildi (2020 yilning shu davriga nisbatan 37,2 foiz yoki 51 ming donaga pasayish).

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi 19 avgust kuni Spark uchun shartnoma tuzishni qayta tiklangani, yangi shartnomalar bo‘yicha avtomobillarni yetkazib berish 2022 yilning fevralidan boshlanishini ma’lum qildi. Avtoishlabchiqaruvchi avtomobillarni yetkazib berish muddatlari global miqyosda mikrochiplar taqchilligi kuzatilayotgani bois kechikishi mumkinligini qayd etdi.