O‘zbekiston IIV YHXBB «Gazeta.uz» tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik haqidagi videoyozuvlarni ko‘rib chiqish tizimidagi muammolar to‘g‘risidagi maqola e’lon qilinganidan so‘ng xizmat tekshiruvi tayinladi.

Tekshiruv xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi boshqarma xabarida.

Biz e’lon qilgan maqolada videoyozuvlarni ko‘rib chiqishi kerak bo‘lgan ma’muriy inspektorlar yuklangan videoga qo‘yiladigan barcha talablar bajarilgan taqdirda ham yozuvni rad qilishlari mumkinligi aytilgan.

Ba’zida og‘ir jazo o‘rniga yengilrog‘i tayinlanadi, ayrim hollarda qoidabuzarlik payqalmaydi ham.