O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi 2 avgust kuni Toshkent issiqlik elektr stansiyasi Qibray tumani uchun ishlab chiqarayotgan issiqlik energiyasiga yangi tariflarni tasdiqladi.

Barcha iste’molchilar, jumladan ulgurji iste’molchi-qayta taqsimlovchilar va issiqxona xo‘jaliklari va «Issiqlik manbai» korxonasi uchun issiq suv va bug‘ uchun yangi tarif 1 Gkal uchun 275 ming so‘m (jorif tarif — 194 350 so‘m) etib belgilandi.

Tariflar QQSni o‘z ichiga oladi. Yangi tarifning kuchga kirish sanasi — 20 avgust.