5 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda imtihonlardagi test savollari tashqariga chiqishni boshlagani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Davlat test markazi izoh berdi.

Qayd etilishicha, matematika fanidan test topshiriqlari aks etgan 1173366 raqamli test topshiriqlari kitobi diagnostik test sinovlariga taalluqli bo‘lib, Buxoro viloyatidagi “GMK” o‘quv markazi tomonidan 1 may kuni 13288 raqam bilan buyurtma qilingan va 5 may kuni test materiallari o‘quv markaziga yetkazilgan. Mazkur test topshiriqlari kitobi 5 avgust (bugun) sanasidan boshlangan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli emas.

Foto: Davlat test markazi

Matematika va biologiya fanlaridan test topshiriqlari aks etgan, lekin test topshiriqlari raqami ko‘rinmagan test topshiriqlari kitoblari diagnostik test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur test topshiriqlari kitoblari 5 avgust (bugun) sanasidan boshlangan oliy ta’lim muassasalarinig bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishlatilmagan.

Foto: Davlat test markazi

Kimyo fanidan test topshiriqlari aks etgan 7016128 raqamli test topshiriqlari kitobi 2020 yilda o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlanib, dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilgan.

Foto: Davlat test markazi

Biologiya fanidan test topshiriqlari aks etgan 1122414 raqamli test topshiriqlari kitobi bugun Namangan viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlanib, dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilgan.

Foto: Davlat test markazi