Peterson Jahon iqtisodiyoti instituti (PIIE) tahlilchilarining hisobiga ko‘ra, Xitoy shaxsiy himoya vositalarini (SHXV) eksportini qariyb to‘rt baravar oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

2019 yilda mamlakat 22,9 mlrd dollarga, 2020 yilda $88,1 mlrdga tibbiy shaxsiy himoya vositalarini eksport qilgan. 2020 yilda tibbiy niqob va respiratorlar eksporti $53,8 mlrdga baholanmoqda (2019 yilga nisbatan 48,8 dollarga ko‘p), plastik niqoblar — $16,8 mlrd (2019 yilda $3,5 mlrd), himoya kiyimlari — $10,8 mlrd ($9,9 mlrd), qo‘lqoplar — $3,9 mlrd ($2,9 mlrd).

PIIE hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020 yil aprel holatiga bitta niqob yoki respiratorning eksport narxi 2019 yil dekabriga nisbatan 720,8 foizga oshdi. Himoya kiyimlari to‘plamining narxi 536,2 foizga oshgan.

2020 yil aprel oyida shaxsiy himoya vositalari eksporti pandemiya boshlanishidan avvalgi darajaga yetdi, o‘sha yilning yozida esa rekord o‘rnatishni boshladi. Xitoy hukumati, shuningdek, qalbakilashtirish hollari ortgani uchun mahsulot sifati ustidan nazoratni kuchaytirdi.

Yevropa Ittifoqiga Xitoy shaxsiy himoya vositalari eksporti 2019 yildagi 3,9 mlrd dollardan 2020 yilda 23,4 mlrd dollarga oshdi. AQShga eksport esa 7,1 mlrd dollardan 24,6 mlrd dollarga oshgan.