Xalq bankida muammoli kreditlar salmog‘i oshib ketgani sababli tijorat kreditlari vaqtincha to‘xtatildi, deya xabar qildi bank matbuot xizmati.

«Ammo yaqin kunlarda qaytgan mablag‘lar hisobidan ushbu kreditlarni berish yo‘lga qo‘yiladi», — deyiladi xabarda.

Davlat dasturlari doirasidagi imtiyozli kreditlar esa berilmoqda. Bu yo‘nalishdagi kreditlar muammoli kreditlari ko‘p bo‘lmagan va kreditlar o‘z vaqtida qaytayotgan filiallarda qaytgan mablag‘lar hisobidan beriladi.

Markaziy bank statistikasiga ko‘ra, 1 iyul holatida Xalq banki portfelidagi muammoli kreditlar (NPL) ulushi 15 foizni (21,3 trln so‘mning 3,2 trln so‘mi). Bu esa davlat banklari o‘rtasida «O‘zagroeksportbank»dan (62,6%) keyingi ikkinchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Iyun oyi boshida esa Xalq bankining muammoli kreditlari hajmi 6 foiz (20,9 rln so‘mdan 1,26 trln so‘mi) darajasida edi.

Ma’lumot uchun: Muammoli kreditlar (NPL, Non-performing loan, ishlamaydigan kreditlar) to‘lash muddati 90 kundan oshib ketgan hamda qoniqarsiz, shubhali va umidsiz deya toifalanuvchi kreditlarni o‘z ichiga oladi.


1 yanvarda
1 fevralda
1 martda
1 aprelda
1 mayda
1 iyunda
1 iyulda
Kredit portfeli
18 792
18 798
18 903
19 360
20 183
20 987
21 348
muammoli kreditlar (NPL)
533
550
719
813
1 185
1 266
3 204
Ulush2,8%
2,9%
3,8%
4,2%
5,9%
6,0%
15,0%