Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 29 iyuldan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 23,03 so‘mga pasaydi va 10 625,00 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 33,35 so‘mga ko‘tarildi va 12 616,13 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,39 so‘mga ko‘tarildi va 145,21 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 21,97 so‘mga pasayib, jami 10 648,03 so‘mni tashkil qilgandi.