Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 13 iyuldan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 15,51 so‘mga ko‘tarildi va 10 637,00 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 14,13 so‘mga ko‘tarildi va 12 606,97 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,43 so‘mga pasaydi va 142,45 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 9,26 so‘mga pasayib, jami 10 621,49 so‘mni tashkil qilgandi.