3 iyul kuni Samarqand viloyati, Jomboy tumanida joylashgan “Zarafshon Milliy tabiat bog‘i"da yong‘in sodir bo‘ldi (video), deya xabar bermoqda viloyat FVB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, soat 21:10da Jomboy tumani “Olmazor” MFY, Qarabchi qishlog‘ida joylashgan “Zarafshon Milliy tabiat bog‘i"da yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar berilgan.

Olingan xabarga asosan yong‘in joyiga 5 ta YOQElari soat 21:51 yetib borganda, miliy bog‘ning 1,5 gektar maydonda to‘qayzorlar (malina, butazor, shox-shabba) yonayotgan bo‘lgan. Yong‘in soat 02:51da o‘rab olinib, soat 04:03da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda.