14 iyundan boshlab nominal qiymati 2 000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilari muomalaga chiqarildi. Ushbu banknotlar mavzusi (tematikasi) «Buyuk Ipak yo‘li» va mamlakat hududidagi qadimiy Buxoro shahri hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixiga bag‘ishlangan.

Mustaqil O‘zbekistonning milliy valyutasi «so‘m»ning qog‘oz pullari 1994 yil 1 iyundan boshlab chiqarila boshlangan. So‘nggi 5 yil ichida yangi nominallar — 2 000, 10 000, 20 000, 50 000 hamda 100 000 so‘mliklar ham muomalaga kiritildi.

«Gazeta.uz» internet hozirgidek ommalashmagan 1990-yillarda chiqarilgan va 2013 yildan keyingi banknotlarni eslaydi.

1 сўмлик banknot


Markaziy bankning 1994 yil namunasidagi qiymati 1 so‘m bo‘lgan banknoti o‘lchami 120×62 mm bo‘lgan.


Banknotning orqa tomonida Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik Katta teatri binosining fasad qismi va maydondagi favvora tasvirlangan.


Mazkur banknot 2020 yil 1 martga qadar muomalada bo‘lgan.

3 so‘mlik bankot

1994 yil chiqarilgan ushbu 3 so‘mlik qiymatga ega banknotning ham o‘lchami 120×62 mm bo‘lgan.

Uning o‘rtasida sarg‘ish fon bilan Buxoro shahridagi «Chashmayi ayub» tarixiy-me’moriy yodgorligi tasvirlangan.

3 so‘mlik banknot ham 2020 yil 1 martga qadar muomalada bo‘lgan.

5 so‘mlik bankot


Markaziy bankining 1994 yil namunasidagi qiymati 5 so‘m bo‘lgan banknoti 142×69 mm o‘lchamdagi oq qog‘ozda tayyorlangan.

Banknotning markaziy qismida Buxoro shahridagi «Minorai Kalon» yodgorligining memoriy lavhasi tasviri ustida ko‘k rangda O‘zbekiston gerbi joylashgan. Uning orqa tomonida Toshkent shahrining Milliy bog‘ida Alisher Navoiyga bag‘ishlab o‘rnatilgan me’moriy-haykaltaroshlik kompozitsiyasi tasvirlangan.



5 so‘mlik banknot 2020 yil 1 martga qadar muomalada bo‘lgan.

10 so‘mlik bankot


Markaziy bankning 1994 yil namunasidagi qiymati 10 so‘m bo‘lgan banknoti 142×69 mm o‘lchamdagi oq qog‘ozda tayyorlangan.

Banknotning orqa tomonida Samarqand shahridagi tarixiy-me’moriy yodgorlik — «Temuriylar maqbarasi» («Go‘ri Amir») aks ettirilgan. Banknot 2020 yil 1 martga qadar muomalada bo‘lgan.


25 so‘mlik bankot


Markaziy bankning 1994 yil namunasidagi qiymati 25 so‘m bo‘lgan banknoti 142×69 mm o‘lchamdagi oq qog‘ozda tayyorlangan.

Banknot orqa tomonida Samarqand shahridagi «Shohi Zinda» me’moriy yodgorligi tasvirlangan.


Mazkur banknot 2020 yil 1 martga qadar muomalada bo‘lgan.

50 so‘mlik banknot


Markaziy bankning 1994 yil namunasidagi qiymati 50 so‘m bo‘lgan banknoti 142×69 mm o‘lchamdagi oq qog‘ozda tayyorlangan.

Banknotning orqa tomonida Samarqand shahridagi «Registon» tarixiy-me’moriy ansambli tasvirlangan.


Mazkur banknot 2019 yil 1 iyulga qadar muomalada bo‘lgan.

100 so‘mlik banknot

Markaziy bankning 1994 yil namunasidagi qiymati 100 so‘m bo‘lgan banknoti 142×69 mm o‘lchamdagi oq qog‘ozda tayyorlangan.

Banknotning orqa tomonida Toshkent shahridagi «Xalqlar do‘stligi» saroyi aks ettirilgan.


Mazkur banknot 2019 yil 1 iyulga qadar muomalada bo‘lgan.

200 so‘mlik banknot

Markaziy bankning 1997 yil namunasidagi qiymati 200 so‘m bo‘lgan banknoti 144×78 mm o‘lchamdagi oq qog‘ozda tayyorlangan.

Banknot orqa tomonining markazida Samarqand shahridagi «Sherdor» madrasasining peshtoqidan asos qilib olingan quyosh ko‘tarib ketayotgan sher tasviri bor.

Mazkur banknot 2020 yil 1 iyulga qadar muomalada bo‘lgan.

500 so‘mlik banknot

Markaziy bankning qiymati 500 so‘m bo‘lgan 1999 yil namunasidagi banknoti 144×78 mm o‘lchamdagi qog‘ozda tayyorlangan.

Banknot orqa tomonining markazida ot minib turgan Amir Temurning haykali tasvirlangan.


Mazkur banknot 2020 yil 1 iyulga qadar muomalada bo‘lgan.

Qolgan banknotalarning barchasi hozirda muomalada amal qilmoqda.

1000 so‘mlik banknot


Markaziy bankning qiymati 1000 so‘m bo‘lgan 2001 yil namunasidagi banknoti 144×78 mm o‘lchamdagi qog‘ozda tayyorlangan.


Banknot orqa tomonining markazida Temuriylar tarixi muzeyi binosi tasvirlangan.

5000 so‘mlik banknotlar


2013 yilning 1 iyulidan boshlab Markaziy bank qiymati 5000 so‘m bo‘lgan yangi pul biletlarini muomalaga chiqardi. Qiymati 5000 so‘m bo‘lgan pul biletlari 144×78 mm. o‘lchamdagi himoyalangan qog‘ozda tayyorlangan.


Banknotning markazida «Oliy Majlis» me’moriy binosi, bino gumbazining tepasida O‘zbekiston Respublikasining rangli bayrog‘i tasvirlangan.

10 000 so‘mlik banknot


2017 yilning 10 martidan boshlab Markaziy bank qiymati 10 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqargan.

10 000 so‘mlik pul belgilari 144×78 mm. o‘lchamdagi himoyalangan qog‘ozda tayyorlangan.


Oq rangli sathning chap tarafidan qog‘oz qatlamida «Darcha» va «3D» effektli yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi himoya ipi o‘tkazilgan.

Banknotning markazida «Senat» me’moriy binosi tasvirlangan.

50 000 so‘mlik banknot


2017 yilning 22 avgustidan boshlab Markaziy bank qiymati 50 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqaradi.

50 ming so‘mlik pul belgilari 144×78 mm. o‘lchamdagi himoyalangan qog‘ozda tayyorlangan.


Banknotning markazida Toshkent shahridagi «Anjumanlar saroyi» me’moriy binosi tasvirlangan.

100 000 so‘mlik banknot


2019 yilning 25 fevraldan boshlab qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgisi muomalaga chiqarildi.


Banknot old tomonining chap qismida Mirzo Ulug‘bek haykali tasvirlangan. Orqa tomonining markazida esa Mirzo Ulug‘bek observatoriyasini ko‘rish mumkin.

Iyun oyining o‘rtasida muomalaga chiqarilgan 2 000 va 20 000 so‘mlik qiymatga ega banknotalar haqida batafsil quyidagi havolada o‘qishingiz mumkin.