O‘zbekistonda hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytiriladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati xabar berdi.

28 iyun kuni O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida"gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur loyiha bilan Jinoyat кодексининг 219-moddasi birinchi qismi (Qarshilik ko‘rsatish, ya’ni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish) sanksiyasidagi jazo choralari kuchaytirilmoqda. Ya’ni, jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha oshirilib, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazo chorasi kiritilmoqda va ozodlikdan mahrum qilish jazosi 1 yildan 3 yilgacha uzaytirilishi nazarda tutilmoqda.

Deputatlarning fikricha, mazkur loyihaning qabul qilinishi natijasida Jinoyat kodeksida hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik yoki unga nisbatan zo‘rlik ishlatganlik uchun javobgarlikni belgilash orqali hokimiyat vakillarining huquqiy himoyasi ta’minlanadi.