«Xorazm suv ta’minoti» MCHJ Urganch tuman bo‘limiga qarashli oqova suv haydash stansiyasining ikki ishchisi quduqda gazdan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda MCHJ axborot xizmati xabar qildi.

Voqea 26 iyun kuni taxminan soat 19:56 larda Urganch tumani «Oltin ko‘l» MFY hududida joylashgan 1-sonli oqova suv haydash stansiyasida (KNS) sodir bo‘lgan. 2 nafar ishchi oqova suvlarni haydash stansiyasidagi nasosni tozalash maqsadida quduqqa tushgan.

Xabarda qayd etilishicha, ishchilar texnik xavfsizlik va shaxsiy himoya qoidalariga rioya qilishmagan. Natijada, taxminan toksik gazdan (serovodorod) zaharlangan va voqea joyida vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyunida poytaxtning Yakkasaroy tumanida ikki nafar «Suvsoz» ishchisi kommunikatsiya qudug‘iga tushib, zaharli gazdan zaharlanib vafot etgan edi.