Bugun, 15 iyun kuni Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Tapil Mahamadziyayev Bektemir tuman hokimi etib tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bundan avval, Tapil Mahamadziyayev (1976 y.t.) FVV Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi hamda fuqaro muhofazasining tashkiliy ta’minoti va rejalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.