Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi 28-maktabning 7−11-sinflarida tahsil oluvchi ayrim o‘quvchilar o‘z sinfxonalarini ta’mirlash ishlariga jalb qilindi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.

«Daryo»ga murojaat qilgan shaxsning qo‘shimcha qilishicha, tozalash-ta’mirlash ishlariga chaqirilganlar orasida qizlar ham bor.

Barcha fotolar: «Daryo» nashriga tegishli.

Avvalroq Toyloqda 5- va 8-sinf o‘quvchilarini ta’lim muassasasi hududini obodonlashtirish ishlariga chiqargan maktab direktori 15,6 million so‘m jarimaga tortilgan edi.