O‘zbekiston terma jamoasi qo‘l jangi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida sakkizta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Terma jamoa vakillari ikkita oltin, to‘rtta kumush va ikkita bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Oltin:

-70 kg: Olimjon Normurodov

-55 kg: Maftuna Quvondiqova

Kumush:

-45 kg: Nargiza Nazikulova

-55 kg: Javohir Sobitov

-55 kg: Sabrina Rajabova

-75 kg: Jahongir Jumayev

Bronza:

-45 kg: Shirinoy Zohidova

-55 kg: Bekzod Atajonov