Toshkent shahrining ayrim hududlarida bir necha kundan buyon elektr energiyasi va suv yo‘qligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda qator fikrlar bildirilmoqda. Energetika vazirligi elektr ta’minotidagi uzilishlarga 1−3 iyun kunlari qator hududlarda kuzatilgan kuchli shamol hamda havoning sezilarli isishi natijasida elektr energiyasiga talab oshgani sabab bo‘lgani haqida ma’lumot berdi.
«Gazeta.uz» mazkur holat yuzasidan Twitter tarmog‘ida yozilgan fikrlarni yig‘ib chiqdi.
Iqtisodchi Otabek Bakirov Toshkentda qayerda shamol bo‘lgani haqida savol bermoqda:
Elektr o‘chishiga shamol sababchi ekan. Ey Qasamxo‘rlar, bugun Toshkentda qayerda shamol turdi?https://t.co/ZY7u53LVEM
— bakiroo (@the_bakiroo) June 5, 2021
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zining tanishi aytib bergan voqea bilan o‘rtoqlashdi:
Toshkentda, ya’ni O‘zbekiston poytaxtida yashaydigan tanishimning gapi:
— Xushnud Xudoyberdiyev (@xushnudbeck) June 5, 2021
«Go‘shtlarni bonkaga solib, tog‘oraga sovuq suv to‘ldirib, ichiga solib qo‘yyapmiz».
Nega bunaqa qilishyapti deysizmi? Chunki 1 sutkadan buyon elektr yo‘q.
Ko‘chada 21-asrning 21-yili.
Deputat Doniyor G‘aniyev yozda elektr muammosi boshlangan bo‘lsa, «qishda bizni nima kutyapti ekan» deya savol bermoqda:
Yozda, yana poytaxtda elektr muammosi boshlangan bo’lsa, hali oldinda qishda bizni nima kutyabdi ekan.
— Doniyor Ganiyev (@MP_Ganiyev) June 5, 2021
Yana sohani tanqid qilsang, tezda turli yo’llar b-n «og'zinga urishadi». Orqasidan hammani ishontirib, bu yil elektrdan muammo bo’lmaydi, deb har yili bir xil vadani berishadi. https://t.co/KtyDRluNNO
Foydalanuvchilaridan biri o‘zi bilan sodir bo‘layotgan jarayon haqida:
Roppa rosa bir hafta issiq suvni o’chirishdi. Issiq suv kelgandi, ertasiga sovuq suvni o’chirishdi. Bugun yana issiq suvni tag-tugi bilan o’chirishgan. S4. Taxminan 500 metr narida tepasida bayroq xilpirab turadigan «Oq uy» joylashgan joyda…
— Ravshan Melikuziev (@RMelikuziev) June 5, 2021
Iqtisodchi Bakirov Energetika vazirini o‘zbekistonliklarning sabrini sinashda davom etayotganini aytib o‘tdi:
O‘zbekistonliklarning butun qish davomida sabrini sinagan, o‘tda yonmas, suvda cho‘kmas Sultonov yozda ham tajribalarini davom ettiradigan ko‘rinadi.
— bakiroo (@the_bakiroo) June 5, 2021
«Daryo» fotomuxbiri Madina Nurman esa 24 soat oralig‘idagi suv o‘chish holatini keltirdi:
S-1. Net goryachey vodы s utra. Vchera ne bыlo xolodnoy vodы.
— Nurmanova Madina (@madina_nurman) June 5, 2021
Xushnud Xudoyberdiyevdan sarkazm aralashgan tvit:
Elektr yo‘qligi sababli go‘sht yomon bo‘lib qolayotganidan shikoyat qilgan fuqaroga soha mas’ullarining javobi: https://t.co/ErYetyCFcI
— Xushnud Xudoyberdiyev (@xushnudbeck) June 5, 2021
Bir foydalanuvchi 21:00 da issiq suv kelishi aytilgan bo‘lsa-da, kelmaganini aytdi:
Bizda faqat issiq suv bo‘lmadi (21:00 da uje bo‘ladi deyishgandi, hali ham yo‘q), sababi -- bizga issiq suv beradigan teplotsentralda tok bo‘lmagan (aftidan, hali ham tok yo‘q u yerda)))
— Baqiroq Bambr (@baqiroq) June 5, 2021
Toshkentning Yunusobod tumanida issiq suv muammo bo‘layotgani haqida yana bir tvit:
Yunusobod S-6 da yana issiq suv yo‘q. O‘zi yaqinda bir xafta o‘chgandi. Endi yozga tayergarlik xam bo‘ladi, shekilli.
— Abdulla Butaev (@abdulla_butaev) June 5, 2021
Aytishlaricha…
Energeticheskiy kollaps.
— Furqat Murtazo (@qwerty07770) June 5, 2021
Toshkentdagi elektr tanqisligini mutaxassislar shunaqa izohlashayapti.
Toshkentdan uy olish fikridan qaytayotganlar ham bor:
Toshkentda svet va suv uzilishlari haqida o‘qib, uy olish fikridan qaytyapman. Eng yaxshisi qishloqdan uy qurib, quyosh panellari va generatorlarni o‘rnatib, hovlidan artezan suv chiqarib, 100% self-sufficient smart house qilib yashash. To‘kis baxt uchun 1 ta vnedorojnik ham olinadi, tamom.
— Sanam (@Guli_Sanam) June 5, 2021
Chilonzor tumanidagi vaziyatdan foto:
Chilonzorim=Zimistonim pic.twitter.com/XMGHNj60jg
— Roʻzimurodov (@bekz0dbek) June 5, 2021
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Avvalroq, «Xabar.uz» bergan ma’lumotga ko‘ra, prezident Shavkat Mirziyoyev «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi bo‘yicha o‘tkazgan selektor yig‘ilishi davomida energetika vaziri Alisher Sultonov joriy yilgi kuz-qish mavsumida elektr energiyasi bo‘yicha muammo bo‘lmasligini va’da qilgan.