Maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Kahramon Olimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga Vazirlar Mahkamasida ishlab kelgan Baxodirjon Onorboyev tayinlandi, deb xabar bermoqda Nigoh telegram kanali.

Bundan tashqari, Maksudjan Yuldashev ham boshqa ishga o‘tayotgani sabab maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod qilingan.

Uning o‘rnini esa Uzokboy Begimkulov egallagan. U bunga qadar oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.