«Lyubaya biznes xorosha», «Plati-leti», «S 707» va boshqa MCHJlar mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishi JKning 179- (soxta tadbirkorlik), 184- (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) hamda 189-moddalari (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan qo‘zg‘atilgan.

«Tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi», — deyiladi xabarda.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

«Jahon.uz»ning yozishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan «Lyubaya biznes xorosha» MCHJ, «My shop business» MCHJ, «My shopping» MCHJ, «Plati-leti» MCHJ, «S 707» MCHJ, «White ravens» MCHJ, «City mall» MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.