IT Park direksiyasi o‘z majburiyatlarini bajarmagan 27 ta kompaniyaning maqomini bekor qildi. Bu haqda Texnopark axborot xizmati xabar bermoqda.
Rezidentlik maqomi bekor qilingan kompaniyalarning aksariyati Toshkent, Xorazm, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan. Ular orasida — Oson Apteka, Hoop Club, Invan Soft, Filosofiya IT, Imenu, School-Service va boshqalar bor.
№ | STIR | Yuridik shaxsning nomi | Joylashgan |
1. | 306806099 | «HOOP CLUB» MCHJ | Toshkent |
2. | 305656929 | «FISKAL MA’LUMOTLARNI AVTOMATIZATSIYALASH TIZIMI» MCHJ | Toshkent |
3. | 303757280 | «EFFECT CONSULTING» MCHJ | Toshkent |
4. | 305971394 | «ROBOTICS LAB FUTURE TECHNOLOGY COMPANY» MCHJ | Toshkent |
5. | 305093404 | «SMART ASIA LABS» MCHJ | Toshkent |
6. | 305055402 | «SOCIAL WEB SOLUTIONS» MCHJ | Toshkent |
7. | 306875892 | «INVAN SOFT» MCHJ | Toshkent |
8. | 305507004 | «FILOSOFIYA IT» XK | Toshkent |
9. | 306390889 | «FUTURE SOFTWARE» MCHJ | Toshkent |
10. | 304757637 | «GLOBAL CASE SYSTEMS» XK | Toshkent |
11. | 306936863 | «ZETEN SOFT SOLUTION» MCHJ | Toshkent |
12. | 306377222 | «FASTAGO» MCHJ | Toshkent |
13. | 306414594 | «MY WAY GROUP» XK | Namangan |
14. | 306899539 | «PROGRAMMING DEVELOPMENT» MCHJ | Qashqadaryo viloyati |
15. | 306847744 | «INFOSHOP» MCHJ | Toshkent |
16. | 305876243 | «DUDUK SERVICE» MCHJ | Toshkent |
17. | 307201844 | «NATIONAL IDENTIFICATION SYSTEM» MCHJ | Toshkent |
18. | 307344001 | «TIIN WIN» MCHJ | Toshkent |
19. | 306790335 | «ROHINI GRAND INNOVATIONS» MCHJ | Toshkent |
20. | 305910027 | «AQLIFY» MCHJ | Toshkent |
21. | 306258267 | «TEHNOLAB» MCHJ | Xorazm |
22. | 307466926 | «OSON APTEKA» MCHJ | Toshkent |
23. | 307594332 | «IMENU» MCHJ | Toshkent |
24. | 307673130 | «SCHOOL-SERVICE» MCHJ | Toshkent |
25. | 307152691 | «TECHNICAL ASSISTANCE» MCHJ | Toshkent |
26. | 307290119 | «RING ITS» MCHJ | Toshkent |
27. | 302744852 | «SOFT MARSH» MCHJ | Toshkent |
Direksiyaning eslatishicha, IT Park rezidentlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
- Nizomning faoliyat turlariga asoslangan biznes-rejada ko‘rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirish;
- IT Park Direksiyasiga har chorakda faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish;
- moliyaviy xo‘jalik faoliyatining yillik auditini o‘tkazish va auditorlik xulosasining bir nusxasini IT Park Direksiyasiga yuborish;
- Rezidentning IT Park Direksiyasi bilan ishlash shartlari to‘g‘risidagi Shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, nizom talablarini buzgan yuridik shaxslar Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilinadi, soliq imtiyozlari esa belgilangan tartibda O‘zbekiston Davlat byudjetiga to‘lash majburiyatlarini tiklash bilan bekor qilinadi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Eslatib o‘tamiz, IT-park prezidentning 2018 yilda Hindistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuv asosida, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Hindistonning Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi qoshidagi Dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati hamkorligida tashkil etilgan.