Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi chog‘ida g‘alla o‘rish kombaynini haydadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, prezident «Angor Surxon g‘ururi» klasteri dalasida g‘alla o‘rish kombaynini haydadi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev tashrif chog‘ida mahalliy aholi bilan suhbat qildi. Suhbat chog‘ida surxondaryolik ayol Prezidentga bog‘cha ochish niyatida ekanini bildirdi.

«Agar bog‘cha ochsangiz, mening siyosatimni bajargan bo‘lasiz. Sizga kredit ham beramiz, 50 ta farzandimni tarbiya qilib bersangiz, men sizga orden beraman», — dedi prezident.