6−7−8 may kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan Bektemir — Chirchiq — G‘azalkent — Chorbog‘ avtomobil yo‘lida ma’lum vaqtlarda transport harakati cheklanadi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

  • 6 may kuni soat 9:00dan 14:00ga qadar Chorbog‘ avtomobil yo‘lining 34−54 kilometrlari oralig‘i;
  • 7 may kuni soat 9:00dan 14:00ga qadar Toshkent — Chorbog‘ — Chimyon avtomobil yo‘lining 34−71 kilometrlari oralig‘i;
  • 8 may kuni soat 9:00dan 14:00ga qadar Chirchiq shahri — Chirchiq Olimpiya zahiralar kolleji avtomobil yo‘lida transport harakati cheklanadi.