Hindistonning g‘arbiy qismidagi Bharux shahridagi kasalxonada sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘lganlar soni 18 kishiga yetdi. Bu haqda Hindustan Times ma’lumotlariga asoslanib, TASS xabar bermoqda.

«Yong‘in sodir bo‘lgandan so‘ng 12 kishi halok bo‘lganligi tasdiqlandi», — dedi mahalliy politsiya vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra koronavirus bo‘limida davolanayotgan 12 nafar bemor yong‘inda yoki yonish mahsulotlari bilan zaharlanish tufayli vafot etgan. Qolgan olti kishi yong‘inda yoki boshqa kasalxonalarga yetkazilayotganda vafot etganmi, aniq emas.

Agence France-Presse ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘inda 16 nafar bemor va ikki hamshira halok bo‘lgan.

Yong‘in COVID-19 bilan kasallanganlar bo‘limda boshlangan, bir soat ichida bartaraf etilgan. Mahalliy aholi va o‘t o‘chiruvchilar tomonidan 50 ga yaqin bemor qutqarilgan.