Vazirlikning «Gazeta.uz» ga xabar berishicha, Shaxloxon Turdikulova innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Olimjon To‘ychiyev innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, prezident qaroriga muvofiq, Innovatsion rivojlanish vazirligi markaziy apparatining tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritilib, 5 nafar vazir o‘rinbosari lavozimlaridan faqat 1 nafar vazir o‘rinbosari lavozimi qoldirildi.