Davlat statistika qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra, UzAuto Motors 2021 yil yanvar-mart oylarida 44,4 ming dona avtomobil ishlab chiqardi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40,2 foizga kamaygan, o‘shanda 75,6 mingta mashina ishlab chiqarilgan (31,2 mingtaga ko‘p).

2021 yilning uch oyi davomida Cobalt avtomobillarini ishlab chiqarish 28,5 foizga (17,7 mingdan 12,6 ming donaga), Nexia — 66,4 foizga (20,7 mingdan 6 958 tagacha), Gentra — 41,9 foizga (14,4 mingdan 8 399 tagacha), Damas — 7,1%ga (12,9 mingdan 12 minggacha), Spark — 78,2% ga (8 256 dan 1800 gacha) kamaygan. UzAuto Motors faqat Labo ishlab chiqarishni 74,4 foizga — 1470 dan 2564 tagacha oshirdi.

Avtomobil ishlab chiqarish


yanvar

fevral

mart

yanvar-mart

2020

22 000

27 014

26 621

75 635

2021

5 235

17 141

22 078

44 454

Avtomobil ishlab chiqarish modellar kesimida

Avtomobil modeli

yanvar 2020 / 2021

Fevral 2020 / 2021

Mart 2020 / 2021

yanvar-mart 2020 / 2021

Cobalt

5078 / 101

6301 / 6026

6 380 / 5 924

17 759 / 12 682

Nexia

5962 / 88

7608 / 3153

7 151 / 3 717

20 721 / 6 958

Damas

3989 / 4335

4496 / 3506

4485 / 4210

12 970 / 12 051

Gentra

4340 / 2

5102 / 2911

5017 / 5486

14 459 / 8 399

Spark

2320 / 39

3003 / 996

2933 / 765

8256 / 1 800

Labo

311 / 670

504 / 549

655 / 1345

1 470 / 2 564

Mart oyining boshida kompaniya yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi sababli ishlab chiqarilgan avtomobillarni yetkazib berish muddatlarini o‘zgartirishni режалаштираётgaниниэълон qilgan edi.