«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda saharlik va iftorlik uchun taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Saharlik
Ko‘katli sirniklar
Saharlik uchun shakar solinmay pishiriladigan sirniklar ayni muddao. Tvorog va ko‘katli sirniklarga pishloqning solinishi ularni yanada mazaliroq va to‘yimliroq chiqishini kafolatlaydi.
Nonushtabop galetalar
Saharlikka tayyorlasa bo‘ladigan juda mazali galetalar retseptini taqdim etamiz.Tavsiya: agar xamir va asosni bir kecha oldin tayyorlab qo‘ysak, ishimiz anchagina yengillashadi.
Ko‘katli qatlama
Qizartirib qovurilgan qarsildoq qavatli xamir va issiq choyga hech kim befarq qolmaydi. Bunday mazali qatlamalar dasturxondan tez g‘oyib bo‘la boshlashadi.
Menemen — turkcha qovurilgan tuxum
Menemen — pomidor va bulg‘or qalampiri bilan pishiriladigan turklarning milliy nonushtasi hisoblanadi. Turkiyada nonushtaga asosan ana shu taom ko‘proq tortiladi.
«Xrizantema» go‘shtli pirogi
Yumshoq va mazali, oshirma xamirdan tayyorlanib, ichiga qiyma va pishloq uyg‘unlashtirilgan bu pirog ishtahani ochib, kayfiyatni ko‘tarishi aniq.
Iftorlik
Tovuqli «cho‘ntakchalar»
Oson tayyorlaniladigan va juda ajoyib ko‘rinishga ega bu taomni tovuq go‘shtidan tayyorladik. Har xil ta’mli taomni xohlovchilar esa tovuq o‘rniga kurka go‘shtidan solishlari ham mumkin. Sabzavotlardan ham xohlaganingizni ishlatishingiz mumkin.
Frikadelkali turkcha sho‘rva
Mana bunday frikadelkali sho‘rva ham taomnomangizni boyitib, ajoyib tushlik yoki kechki ovqat vazifasini bemalol uddalay oladi.
Mol go‘shtidan tayyorlangan chashushuli
Chashushuli — gruzincha milliy taomlardan biri bo‘lib, mol go‘shtidan tayyorlanib, pomidorli qayla bilan birga past olovda dimlab pishiriladi.
Bozor xonim
Uyda, o‘z qo‘llaringiz bilan pishirilgan xonim esa hammasidan ham a’lodir. Ishonavering, bizning retsept bo‘yicha tayyorlang va bunga o‘zingiz guvoh bo‘ling. Batafsil fotoretseptlarda hammasini ko‘rib oling.
Baqlajon va pishloq bilan pishirilgan tovuq go‘shti
Bunday taomni tayyorlash juda maroqli va qiziqarli. Tovuq go‘shti, baqlajon va motsarella pishlog‘i uyg‘unlashuvi juda mazali ta’mni hosil qiladi. Ha aytgancha, pomidorli qayla esa ushbu taomga sersuvlik baxsh etadi.
Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauztot
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15